
"Yuventus" PSJ himoyachisiga jiddiy qiziqmoqda
Turinning "Yuventus" jamoasi PSJdan himoyachi Milan Shkrinyarni sotib olishi mumkin.
29 yoshli himoyachi PSJdagi o‘yin vaqtidan qoniqish hosil qilmayotganini tasdiqladi va uning yanvardayoq klubdan ketishi mumkinligi aytilmoqda. Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Yuventus" faqatgina frantsuz jamoasi ijara shartiga rozi bo‘lgan taqdirdagina, bu kelishuvdan manfaatdor bo‘ladi.
Shuningdek, bir qancha top klublar ham futbolchini transfer qilish haqida o‘ylamoqda. Ammo hozircha o‘sha jamoalarning nomi oshkor qilinmayabdi.
Eslatib o‘tamiz, Milan Shkrinyar Frantsiya chempionatining joriy mavsumida ikkita o‘yin o‘tkazdi holos.
Fikrlar