
“Yuventus” Pogbani “quvib” yubordi
“Yuventus” rasmiy sayti orqali frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogba bilan amaldagi shartnomani bekor qilishini bildirdi.
Tarqatilgan ma’lumotga ko‘ra, o‘zaro hamkorlik 2024 yilning 30 noyabr kuni to‘xtatiladi.
- Klub Pol Pogbaga professional kelajagida barcha yaxshiliklarni tilaydi, - deyiladi Turin superklubi bayonotida.
Pol Pogba doping iste’mol qilgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilingan edi. Biroq Lozannadagi Sport arbitraj sudi 31 yoshli futbolchining diskvalifikatsiya muddatini 18 oyga qisqartirdi.
Sud qaroriga ko‘ra, Pogba 2025 yilning yanvaridan mashg‘ulotlarda qatnashishi va martdan boshlab uchrashuvlarda ishtirok etishi mumkin.
Tajribali futbolchi so‘nggi bor 2023 yilning 3 sentyabr kuni maydonga tushgan edi. U ayni paytda bir necha klub bilan muzokara olib bormoqda.
Fikrlar