
"Yuventus" muxlislari usun ajoyib xushxabar!
“Yuventus”ning birdaniga ikki nafar himoyachisi umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, Matteys de Ligt va Aleks Sandro jarohatidan butkul forig‘ bo‘lgan va asosiy jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazgan.
“Keksa sinora”ning yana bir asosiy himoyachisi Leonardo Bonuchchi hamon muolajalarni davom ettirmoqda.
Andrea Pirlo boshqaruvidagi “Yuventus” 7 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 13 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar