"Yuventus" Kolo-Muani transferini e’lon qildi

  • 23 yanvar, 19:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Randal Kolo-Muani - "Yuventus" futbolchisi. Turin klubi mazkur transferni rasman e’lon qildi.

Italiya klubi hujumchini PSJdan ijaraga oldi. Kelishuv 30 iyungacha amal qiladi.

Transfer summasi 1 million evroni tashkil etib, futbolchi bir necha ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etganda 2 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin. Qo‘shimcha xarajatlar 2,6 million evroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik forvard joriy mavsum Liga 1da PSJ safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!