
"Yuventus" Dibalaga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Zaltsburg" klubi yarim himoyachisi Luka Sushich "Yuventus"ning diqqat markaziga tushdi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" 18 yoshli xorvatiyalik futbolchini argentinalik hujumchi Paulo Dibala o‘rniga kelajakda munosib nomzod bo‘lishiga ishonmoqda. Turinliklar Sushich uchun Avtstriya grandiga qishki transferlar davrida 15 mln evro taklif qilmoqchi.
Sushich joriy mavsum “Zaltsburg” safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar