Yurgen Klopp qaysi jamoani boshqarishi ma’lum bo‘ldi

  • 21 noyabr, 2024, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”dagi uzoq muddatli muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin bosh murabbiylikni topshirgan Yurgen Klopp yana futbolga qaytishi mumkin.

Tecno

Gap shundaki, “Atletiko” klubi bosh murabbiy Diego Simeone bilan xayrlashishni rejalashtirgan. Agar argentinalik mutaxassis Madridni tark etadigan bo‘lsa, klub xo‘jayinlari jamoani germaniyalik murabbiyga topshirmoqchi.

Relevo nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar jamoa bosh murabbiyligiga Yurgen Klopp har tomonlama mos tushadi, degan fikrni ilgari surmoqda.

Yurgen Klopp faoliyati davomida “Maynts”, “Borussiya Dortmund” kabi jamoalarni ham boshqargan. Ayni paytda bir necha jamoaga egalik qiluvchi “Red Bull” kompaniyasida futbol yo‘nalishida rahbarlik lavozimlaridan birida ishlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!