Yubiley o‘yinida jarohat olgan Noyer

  • 6 mart, 07:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" Chempionlar ligasi nimchorak finalining birinchi bahsida "Bayer"ni o‘z maydonida qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda Manuel Noyer jarohat oldi. 

Tecno

Uchrashuvning 54-daqiqasida Noyer Jamal Musialaning urgan golini nishonlash paytida jarohat olib, 58-daqiqada almashtirildi. Uning o‘rniga 21 yoshli  Yonas Urbig maydonga tushdi. Shu bilan birga, kiper "Bavariya"dagi debyutini amalga oshirdi. 

FC Bayern München v Bayer 04 Leverkusen - UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 First Leg

Ushbu o‘yin Noyer uchun Chempionlar ligasidagi 150-bahs edi. Yana bitta uchrashuvdan keyin darvozabon bu borada Toni Kroos va Xaviga etib oladi. Shu o‘rinda eslatib o‘tish kerak, EChLda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan germaniyalik futbolchi bu Tomas Myuller (160).

"Hozircha Manuelning holati bo‘yicha aniq ma’lumotim yo‘q. Menimcha, u buzog‘idan jarohat olgan. Ammo u golni nishonlash paytida lat egani rost", - dedi Vensan Kompani. 

FC Bayern München v Bayer 04 Leverkusen - UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 First Leg

Murabbiy Urbig haqida ham gapirib o‘tdi: " U debyutini bundan osonroq uchrashuvlardan birida nishonlashi mumkin edi. Ammo Yonas biz bilan birinchi oylarining o‘zidayoq hotirjam ekanligini ko‘rsatdi. Bu mavsum Noyersiz ham o‘ynashimizga to‘g‘ri keldi. Buni yana amalga oshirishimiz kerak". 

FC Bayern München v Bayer 04 Leverkusen - UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 First Leg

Eslatib o‘tamiz, Urbig mazkur qishki transferlar oynasida "Kyoln"dan "Bavariya"ga 7 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan. Germaniyalik posbon jamoa bilan 2029 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!