
Yo‘ldoshevning debyutida "Nijniy Novgorod" durang o‘ynadi
Rossiya Premer-ligasida 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ko‘chib o‘tgan "Nijniy Novgorod" jamoasi safarda "Ximki" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Hisobni mehmonlar vakili Aleksey Kozlov ochgan bo‘lsa, Denis Glushakov penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan legionerimiz 69 daqiqa harakat qildi.
Shu tariqa, 8 ochko to‘plagan "Nijniy Novgorod" 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Ximki" 6 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.
Fikrlar