
Yaxshiboev jamoasida koronavirus yuqtirganlar bor. Ulardan biri legioner
Koronavirus pandemiyasiga qaramay davom ettirayotgan Belarus chempionatida futbolchilar koronavirusga yo‘liqa boshladi.
sport24.ru sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, ayrim jamoalarda, xususan o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to‘p surayotgan “Energetik-BGU” jamoasida koronavirusdan zararlanganlar bor.
Ma’lumotga ko‘ra, “Energetik-BGU”da bir nafar mahalliy futbolchi va bir legioner koronavirus yuqtirgan. Klub rahbariyati chempionatdan chetlatilmaslik uchun futbolchilarni testdan o‘tkazishga shoshilmayapti. Bemorlar individual tartibda davolanmoqda.
Fikrlar