Yaxshiboev bo‘sh darvozani ishg‘ol qila olmadi, ammo penalti ishlab, gol kiritdi (video)

CHERY AUTO

Bugun Belarus chempionatida 7-tur o‘yinlari start oldi. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev hamda Shahboz Umarov faoliyat olib boradigan "Energetik-BGU" klubi bu tur "Smolevichi"ga qarshi bahs olib bordi va 2:0  hisobida raqibdan ustun keldi.

Tecno

Har ikkala hamyurtimiz bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Yaxshiboev odatdagidek hujum chizig‘ida harakat qilgan bo‘lsa, Umarov o‘ng qanot himoyasidan o‘rin oldi.

Uchrashuv davomida Jasur bir necha bor qulay imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Aynan uning sa’y-harakatlaridan so‘ng Devid Tve hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda 22 yoshli forvard ikki bor darvozabonni aldab o‘tishga erishdi, ammo har ikki holatda ham yakuniy zarba noaniq ko‘rinish hosil qildi.

Shunday bo‘lsada, tinib-tinchimas Yaxshiboev o‘yinga hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Raqib jamoa posboni Filtsov uni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi va hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladi. Penaltini esa jabrlanuvchining o‘zi aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!