Yaponiya. Doston Tursunovning jamoasi yana mag‘lub bo‘ldi

  • 22 sentabr, 2019, 23:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dam olish kunlari Yaponiya J2 ligasida 33-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan «Renofa Yamaguchi» klubi ushbu tur doirasida «Kanazava»ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

Doston Tursunov uchrashuvni zaxira o‘rindig‘idan kuzatib bordi. Shu tariqa, «Renofa Yamaguchi» hisobidagi ochkolar 36 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 14-pog‘onani egallab turibdi.

Qayd etish joiz, Tursunovning jamoasi Yaponiya J2 ligasi doirasidagi ortda qolgan 5 uchrashuvning faqatgina bittasida g‘alaba qozondi, 4 uchrashuv mag‘lubiyat bilan yakunlandi.

Yaponiya J2 ligasi. 33-tur

«Kanazava» 1:0 «Renofa Yamaguchi»

Gol: Kato (8).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!