Yaponiya bu musobaqaning eng kuchli jamoasimi? Raqibni birga tahlil qilamiz!

  • 15 iyun, 2022, 13:08
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida Osiyo Kubogi yarim finali doirasida hamyurtlarimiz Yaponiya bilan kuch sinashadi. Xo‘sh, finalga chiqish uchun Kapadze shogirdlarida imoniyat qanday? Yaponiyaning asosiy quroli nimada? "Kunchiqar yurt vakillari" qay darajada xavfli? 

O‘yin uslubi

Tecno

Yaponiya sxemasi

E’tiborlisi shundaki, Yaponiya Olimpiya terma jamoasi musobaqadagi eng zamonaviy o‘yin sxemasidan foydalanayotgan jamoa bo‘lib turibdi.  Go Oiava shogirdlari 4-3-3 sxemasini tanlabgina qolmay, intensiv pressingni juda yaxshi yo‘lga qo‘ygan. Xuddi, Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"si singari futbolchilar bir-biriga juda yaqin joylashgan holda, mayda paslar orqali hujum tashkil etadi.

Yaponiya 4 kishi hujumda

Oldingi chiziqdagi 3 ta hujumchi kamdan kam holatlardagina ortga qaytgani etmaganidek, markazdagi ijrochi ham hujum chog‘ida 4-forvardga aylanish mumkin.

hujumga 4 futbolchini otishi

Oiava jamoasi har jabhada "shaharliklar"ni eslatib yuboradi. Markaziy himoyachilarning birinchi pas bilan o‘yinga kirishi, qanotdagi yigitlarning tez-tez o‘rin almashishi, raqib to‘pga egalik qilayotganda kuchli pressing uyushtirish, hujumlarning 90 foizi qanotlar orqali tashkil etilishi va boshqa omillar shunday xulosaga kelishga majbur qilmoqda. Bizning yigitlar uchun ular qaysidir ma’noda ancha noqulay raqib ekanligini tan olish lozim.Boz ustiga kuchli pressing ham Yaponiya otjsi uchun

4 futbolchi har safar jarima maydoni icida

Jismoniy     tayyorgarlik borasida ham Yaponiyada muammo ko‘zga tashlanmaydi. Zaxira o‘rindig‘idagi yigitlarning darajasi asosiy tarkibdagilarniki bilan bir xil! Aynan shu omil "samuraylar"ni Janubiy Koreya bilan bahsda yarim final yo‘llanmasini muammosiz qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi.  Ko‘rib turganingizdek, ular raqib maydoniga markazdan kirib kelishga urinadi va darrov hujumni qanotga ko‘chiradi. Har safar ikkita variant ikki qanotda uni qabul qilishga tayyor. Shuningdek, hujum boshlagan va markaziy futbolchi ham ichkariga yorib kirishga urinadi.

Yaponiya pressing

Barchasi katta tezlikda sodir bo‘lgani bois, 3-4 soniya ichida Yaponiyaning hujumida 4-5 futbolchi yakunlovchi obrazida paydo bo‘lishi mumkin. Ular tezligi u qadar baland bo‘lmagan termalar uchun chinakam muammo bo‘lishi aniq. Shuningdek erta pressing va to‘psiz harakat borasida ham Yaponiya U23 jamoasi "Siti"ni eslatib yuboradi. Markazdagi barchi ijrochilar kerakli pallada to‘p uchun kurashga kirishishi, xujumlarni erta barbod qilishi mumkin.

Asosiy etakchilari kim?

Jamoa motori

kapitan

Birinchi navbatda 8-raqamdagi Joel Fudzitani alohida e’tirof etish lozim. U Oiavaning sxemasidagi chinakam jangchi obrazida! To‘p uchun kurashda markaziy himoyachilarga ham yordamga etib kelish bilan birgalikda, hujumlarni qo‘llab-quvvatlash uchun raqib jarima maydonchasi oldiga qadar bora oladi. Chinakamiga jamoaning motori. Texnikasi u qadar kuchli emas, undan shedevr uzatmalarni ko‘rmaymiz, ammo o‘yinni juda yaxshi o‘qigani bois, kurashlarda ko‘pincha g‘olib chiqadi. Ancha chaqqon bo‘libgina qolmay, bir vaqtni o‘zida ikkita "frontda" birdek jamoasi uchun naf keltirishi mumkin. 

Hujumdagi quroli

9 raqamdagi orgina

9-raqamdagi qanot vingeri Yaponiyaning asosiy hujum quroli sanaladi. Shota Fudzio o‘ng va chap qanotda birdek to‘p tepishi, kerakli pallada driblingdan foydalanib, vaziyatni keskinlashtirishi mumkin. Shuningdek, Oiava shogirdlari o‘yin davomida pozitsiyalarini bir necha bor almashtirishga odatlangan. Bu raqib himoyachilari uchun anchagina noqulaylik tug‘diradi. Shota nafaqat qanot, balki markaziy hujumchi obrazida ham paydo bo‘lishi mumkin. Yaxshigina tezlik bilan birgalikda, kuchli zarbasi ham bor. Soddaroq qilib aytsak, kuchsiz tomoni yo‘q chinakam qotil!

Joker

Yaponiya 21 raqam

Bu - so‘zsiz 21-raqamdagi markaziy hujumchi Taika Nakashima! U o‘yinni asosan zaxira o‘rindig‘ida boshlashiga qaramay, murabbiyning asosiy quroli bo‘lishda davom etmoqda. Boya aytib o‘tganimizdek, Yaponiya asosan mayda paslarga suyangan holda, pozitsion hujumlar uyushtiradi. Nakashima esa, baland bo‘yli, jismonan baquvvat va tezkor hujumchi. U bahsga qo‘shilgach, "kunchiqar yurt vakillari" o‘z hujumlariga rang-baranglik qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ikkinchi qavatdan uzatiladigan to‘plar, tezkor qarshi hujumlar va xavfli standartlar! Bir so‘z bilan aytganda, Taika Yaponiya bosh murabbiyi uchun o‘yinning borishini keskin o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etadigan darajada kuchli futbolchi. Uni ko‘zdan qochirmaslik shart! 

Ojiz tomoni bormi?

japan

Afsuski, jamoa ochiq futboldagi "otishma"larda ko‘pincha g‘olib chiqadi, ammo yopiq jamoalarga qarshi bellashuvda qiynaladi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bahs yodingizdami? "Sahro lochinlari" deyarli 60 daqiqa davomida tartibli himoyalangani bois, yaponiyaliklar mayda paslar orqali pozitsion hujum qilishda davom etaverdi, ammo natijaga erisha olmadi. Keyin, chetlatish va Saudiya qolgan daqiqalarda bemalol o‘yinni o‘z foydasiga hal qilishi mumkin edi, ammo ular ham so‘nggi zarbani yo‘llashda xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘zi qizil kartochka bilan bugungi raqiblarimiz biroz chiqisha olmayapti. Tojikiston bilan to‘qnashuvda ham ular 61-daqiqada maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgan edi. Agar yigitlarimiz konsentratsiyani yo‘qotmasa, mudofaada tartibli o‘ynasa, qarshi hujumlarda bizda imkoniyatlar etarlicha bo‘ladi. Boz ustiga, raqibning qanot himoyachilari u qadar kuchli emas. Oiava shogirdlarining guruh bosiqchi va pley-offdagi barcha o‘yinlarini ko‘rib chiqqach, raqibimizning asosiy ojiz nuqtasi qanot himoyasi ekanligini angladim. Ko‘pincha katta kuch bilan oldinga chiqishga odatlangan "samuraylar" har safar ham o‘z hududini yopishga ulgura olmaydi. Bu ayniqsa, vingerlarimiz Ulug‘bek Xoshimov va Hojimat Erkinov uchun yaxshigina imkoniyat. Agar Temur Kapadze kerakli ko‘rsatmalarni bera olsa, bu to‘qnashuvda g‘olib chiqish imkoniyatimiz bor. Barchasi, maydondagi yigitlarning qo‘lida.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
15/06/2022 14:52
Тугри факат концентрация , совукконлик ва химоя керак уз уйингда хатто штангалар хам ердам беради япониян бугун каерга келиб колганлигини тушинадиган кун
Baxil Alihuja
15/06/2022 15:21
Жуда яхши тахлил! УФА да шундай тахлил килувчи мутахассислар йук-де...