
Yangilangan UFC reytingida Chimaev pastladi, qo‘shnimiz esa 7 pog‘ona ko‘tarildi
UFC reytingi yangilandi va bir qator katta o‘zgarishlar yuz berdi.
Yarim engil vazn toifasida ishtirok etuvchi amerikalik jangchi Maks Xollouey 3 pog‘ona ko‘tarildi va 5-o‘rinni egalladi. Qozog‘istonlik Asu Almabaev super engil vazn reytingida birdaniga 7 pog‘ona sakrashni amalga oshirib, 14-o‘rinni band etdi. E’tiborlisi, o‘rta vaznda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Xamzat Chimaev 12-dan 13-o‘ringa tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni BAA ning Abu-Dabi shahrida "UFC 308" turniri bo‘lib o‘tadi. Unda Xamzat Chimaev Robert Uittakerga, Maks Xollouey esa Iliya Topuriyaga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar