Yangi legionerimizdan nimalar kutishyapti?

  • 29 iyul, 2024, 23:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi debyutanti “Akron” tarkibni yuqori divizionga moslashtirish uchun transferlarga katta e’tibor qaratmoqda.

Tecno

Yaqinda tolyattiliklar o‘zbekistonlik iste’dodli yarim himoyachi Sherzod Esanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan edi.

“Akron” bosh murabbiyi Zaurbek Tedeev jamoaga qo‘shilgan yangi futbolchilarga baho berdi va rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Klubda spor direktori va rahbariyat bilan muhokamala qilinayotgan bir necha masalalar bor. Tez orada yana ayrim futbolchilar paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Yaqinda O‘zbekistondan tayanch yarim himoyachi Sherzod Esonov safiga qo‘shilgani haqida xabar qilindi. U juda umidli futbolchi.

Jamoaga markaziy hujumchi Jilson Benshimol ham qo‘shildi.

Men bu o‘yinchilar jamoa uchun yaxshigina kuchayish bo‘ldi, deb hisoblayman. Shunga qaramay, yana bir necha pozitsiyalarni kuchaytirishimiz kerak.

Demak, tez orada yana qaysi futbolchilar jamoamizga kelishi ma’lum bo‘ladi, - dedi bosh murabbiy Zaurbek Tedeev.

“Akron” 2018 yili tashkil etilgan. Bu klub qisqa fursat ichida Rossiya chempionatining yuqori divizioniga yo‘llanma oldi. Bu mavsum jamoa oldiga Premer-ligadagi o‘rnini saqlab qolish vazifasi qo‘yilgan.

Tolyatti shahri sharafini himoya qilayotgan klub tarkibini kuchli divizionga moslashtirish uchun juda ko‘p o‘zgarishlar qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xususan, o‘tgan mavsumlarda “Akron” safida o‘ynagan jami 17 nafar futbolchi klubdan ketdi. Ularning o‘rniga mahalliy o‘yinchilardan tashqari, Braziliya, Portugaliya, Shimoliy Makedoniya, Serbiya, Chernogoriya, Kabo-Verde, Belarus va O‘zbekistondan legioner o‘yinchilar kelib qo‘shildi.

Sherzod Esonov ham yangi jamoasidagi mashg‘ulotlarini boshlab yubordi va tez orada legioner sifatidagi debyutini nishonlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Sherzrd Esonov “Qizilqum” va “Chig‘atoy” klublarida futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. Professional faoliyatini 2022 yilning yanvar oyida “Andijon” jamoasida boshlagan. Orada bir mavsum “Olimpik” jamoasi tarkibida ijara asosida to‘p tepib, tajribasini oshirdi va keyin yana “Andijon”ga qaytdi.

Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt.world portalida “Akron” 21 yoshli tayanch yarim himoyachisi uchun 210 ming evro to‘lagani qayd etilgan.

Sherzod Esonov O‘zbekiston Superligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol muallifi bo‘lgan.

“Akron” klubi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar davom etadigan shartnomaga imzo chekdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Premer-ligasida bu mavsum Sherzod Esonovdan tashqari Abbosbek Fayzullaev (TsSKA), Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov (“Rubin”) kabi legionerlarimiz ham ishtirok etadi.

Olimpiadada tarixiy gol urgan Shomurodovga bir necha yangi variant chiqa boshladi!

Fayzullaevning vazifasi va Misrni engish yo‘li aytildi

Ispanlar O‘zbekiston muammo tug‘idirishini kutmagandi, Misr bilan o‘yin esa...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!