Yana g‘alaba va navbatdagi Tokio Olimpiada yo‘llanmasiga ega bo‘ldik

  • 9 mart, 2020, 17:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amman shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha litsenzion turnirning bugungi kun dasturidan o‘rin olgan janglarida yana bir hamyurtimiz Elnur Abduraimov (-63 kg ) ham ringga ko‘tarildi. U chorak finalda avstraliyalik Xarrison Garseyd bilan to‘qnash keldi. Mazkur vazn toifasida ham 6 ta yo‘llanma o‘ynalmoqda. G‘olib to‘g‘ridan-to‘g‘ri Tokio litsenziyasini qo‘lga kiritsa, mag‘lub bokschi o‘tish bosqichida yana bitta jangda ishtirok etib, ushbu yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega edi. G‘olibni esa yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Batarsung Chinzorig kutib turibdi.

Tecno

Jang murosasiz va keskin kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi raundda hamyurtimiz raqibini nokdaunga ham tushirdi. 

Qolgan raundlarda ham Elnur ustunlik qilib, yakunda 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va Tokio Olimpiadasiga litsenziyani qo‘lga kiritdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!