Yan Blaxovich "Chimaev – Uittaker" jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi

BEPUL PROPAN

Yarim og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Yan Blaxovich o‘rta vazn toifasida mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Hamzat Chimaev va Robert Uittaker o‘rtasidagi jangga o‘z prognozlarini bildirdi.

“Umid qilamanki, bu jang bo‘lib o‘tadi. Ammo Chimaev sabab bahs qoldirilishi ham mumkin. To‘g‘ri, u yaxshi jangchi, lekin har doim ham jangga chiqavermaydi. Doim Xamzat bilan nimadir kutilmagan voqea sodir bo‘lib turadi...Robert bilan esa bunday emas. Agar ularning jangi o‘tkazilsa, aniq qiyin kechadi. O‘ylashimcha, mazkur to‘qnashuvda Uittaker g‘alaba qozonadi", - deb Blaxovich so‘zlarini keltirdi Middle Easy.

Eslatib o‘tamiz, Robert(26-7) va Xamzat(13-0) 26 oktyabr kuni BAA dagi "UFC 308" turnirida jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!