Yamal: "Barsa"da uzoq muddat qolishni istayman"

  • 8 yanvar, 20:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lamin Yamal faqat "Barselona"da o‘ynashni istashini ma’lum qildi.

Tecno

"Yangi shartnoma qachon imzolanishini bilmayman. Biroq, bu tez orada sodir bo‘lishiga ishonaman. Sababi  "Barsa" - bu hayotimdagi eng muhim klub. Men shartnomani uzaytirish va klubda iloji boricha uzoq muddat qolishni istayman.

Men Ispaniya ligasida o‘ynashni xohlayman. Shuning uchun ham shartnomamni uzaytiraman, - dedi "Barselona" hujumchisi "CNN"ga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, ispaniyalik vingerning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar amal qiladi. Futbolchi La Liganing joriy mavsumida 16 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!