Xushxabar: Ikki nafar sportchimiz Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi!

  • 17 aprel, 2021, 18:54
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 12-17 aprel kunlari Toshkentda suzish bo‘yicha Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA)ning yillik taqvimiga kiritilgan O‘zbekiston Ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnir orqali o‘zbekistonlik ikki sportchi Olimpiada yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi:

Tecno

"Ushbu chempionatda mamlakatimiz terma jamoasi a’zolaridan tashqari Hindiston, Afg‘oniston va Turkmaniston davlatlaridan ham sportchilar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa bir vaqtning o‘zida Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar taqdim etardi. Shu bois musobaqaga qiziqish yuqori bo‘ldi.

Ochiq chempionatning ilk kunida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aleksey Tarasenko 100 metrga erkin usulda 1-o‘rinni egalladi. Hamyurtimiz 48.54 soniya natija bilan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, chempionatning so‘nggi kunida yana ikki nafar sportchimiz - Odilbek Yusupboev va Eldor Usmonov 100 metrga "butterfly" usulida suzish bahslarida muvaffaqiyatli qatnashib, Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmalariga ega chiqishdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan suzish bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga jami 5ta litsenziya qo‘lga kiritildi. Eslatib o‘tamiz, dastlabki 2ta litsenziya 2020 yilda terma jamoa a’zolari Xurshidjon Tursunov hamda Vladislav Mustafin tomonidan qo‘lga kiritilgan edi.

Ma’lumot uchun, 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini ikki nafar suzuvchi - Ra’noxon Amanova hamda Vladislav Mustafinlar himoya qilgan edi",-deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!