Xushxabar! 17 yoshli shaxmatchimiz 5 karra jahon chempionini mag‘lub etdi

  • 28 dekabr, 2021, 20:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Ayni kunlarda Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2593) 5 karra jahon chempioni Magnus Karlsenga (2842) qarshi dona surdi.

10-tur doirasidan o‘rin olgan ushbu bahs turnir jadvalidagi yaqqol peshqadamlikni aniqlab berishi bilan yanada ahamiyatli bo‘lgan. Boisi bungacha Karlsen 7.5 ochko bilan birinchi, 17 yoshli hamyurtimi esa 7 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan edi. Quvonarlisi, bellashuv hamyurtimizning g‘alabasi bilan yakunlandi va Abdusattorov bosh sovrin sari dadil qadam tashladi.

Rapid yo‘nalishida yana 3 turdan so‘ng g‘olib aniqlanadi. Shaxmatchimiz qolgan bellashuvlarda ham peshqadamlikni saqlab qola bilsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha jahon chempioniga aylanadi. Hamyurtimizga keyingi turlarda ham omad tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun, har ikki shaxmatchi 2019 yil ham kuch sinashgan va unda kuchlar teng kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!