
Xummelsga Ispaniyaning yana bir jamoasi qiziqish bildirmoqda
Ayni paytda erkin agent bo‘lib turgan Mats Xummels La Ligaga ko‘chib o‘tishi mumkin. Unga "Real Sosedad" jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi insayder Florian Plettenberg.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniyaning "Malorka" jamoasi ham kurashda bor va tez orada himoyachining keyingi manzili aniq bo‘ladi. Shuningdek, "Brayton" ham uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istaydi.
Xummels faoliyati davomida Germaniyadan boshqa chempionatlarda to‘p tepmagan. U faqatgina "Bavariya" va "Borussiya" safida harakatlangan.
Fikrlar