Xomyakov Qarshidagi 3:0 hisobidagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?

  • 26 avgust, 2024, 00:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nasaf” – “Andijon” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

Tecno

- “Nasaf”ni ishonchli g‘alabasi bilan tabriklayman. Ular bugun ishonchli harakatlari bilan g‘alabaga mos o‘yin ko‘rsatishdi. Butun uchrashuv davomida o‘yinni nazorat qilishdi. Birinchi bo‘limda tezkor gol urishdi. Keyin ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. G‘alaba bilan “Nasaf”ni tabriklayman.

- “Andijon” jamoasi birinchi davrada ancha yaxshi o‘yinlar ko‘rsatgandi. Lekin ikkinchi davrada jamoa faqat yutqazyapti, hatto durang ham yo‘q...

- Buni bir qancha sabablari bor. Hozir bu sabablarni barchasini aytib o‘tish qiyin. Ularni bartaraf qilishga harakat qilyapmiz, ammo o‘xshamayapti. Nima ham deyishim mumkin? Ha, jamoa oldinga intilish bo‘yicha faollik ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Jamoada qandaydir o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qolgan. Ko‘p gol o‘tkazyapmiz. Bu ham ranjitmoqda.

- Bugun futbolchilarda faollikni sezmadik. Balki o‘yinchilaringiz O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga “nastroy” qilishyaptimi?

- O‘yin boshidagi raqibning ikkita harakati va ikkisi ham golga aylanishi evaziga bu holat o‘yinni yaxshi tashkil qilishimizga halaqit berdi. Ilk daqiqalardayoq gol o‘tkazib yuborganimiz uchrashuvga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ikkinchi golni ham qarang. Bunday tezkor gollar yoqimsiz va o‘yinimizga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Sizlar ham buni ko‘rdinglar va o‘ylaymanki, bizni tushunyapsizlar. Shunday jamoaga qarshi bahsda ikkita tezkor gollarni o‘tkazish va keyinchalik mag‘lubiyatga uchrash, bu bizda etarlicha muammolar borligini ko‘rsatib beradi. Hujum uyushtirishga hamda vaziyatni to‘g‘rilashga harakat qildik. Lekin o‘xshamadi. Birinchi taymda hech bo‘lmaganda bitta gol urishga intilgandik. Uchrashuv davomida aytarli darajada xavfli vaziyatlarni yarata olmadik. Aytyapman-ku, “Nasaf” barchasini zo‘r bajardi. Bugun g‘alabaga loyiq o‘yin ko‘rsatdi va bunga erishdi.

- “Andijon” ikkinchi davrada hali yutgani yo‘q. Bu nima bilan bog‘liq?

- To‘rtta o‘yinda yutqazdik. Har bir uchrashuvda, hattoki, bugungi o‘yinda ham g‘alaba uchun maydonga tushgandik. Aynan g‘alabani o‘ylab barcha ishlarni rejalashtirgandik. Uch ochkoni qo‘lga kiritish uchun bizda o‘ziga xos rejamiz va hisob-kitoblarimiz bor edi. Tezkor gollar rejalarimizni o‘zgartirib yubordi. Birinchi davradan so‘ng ba’zi yigitlar o‘zlariga ortiqcha ishonib yuborishgan bo‘lishsa, mana, bugungi holatni barchamiz ko‘rib turibmiz. Oldimizda boshqa variant yo‘q, biz yaxshiroq o‘ynab natijalarimizni ijobiy tomonga o‘zgartirishimiz lozim. O‘yin tashkil qilishda bir qator muammolarimiz borligi ko‘rinib turibdi.

- Jamoadagi o‘yin bilan bog‘liq inqirozni engib o‘tish uchun qancha vaqt kerak?

- Chempionatda biroz tanaffus bo‘ladi. 30 avgust kuni O‘zbekiston Kubogida o‘yinimiz bor. Shundan keyin chempionatda ikki haftalik tanaffus yuzaga keladi. Vaziyatni o‘zgartirishga va rejalar tuzishga vaqtimiz bo‘ladi. Ruhiyat bilan bog‘liq muammolarni ham hal qilishga vaqtimiz etadi, deb o‘ylayman. Natija ko‘rsatishimiz uchun kerak bo‘lgan barcha omillarni bu vaqt oralig‘ida o‘rganib chiqamiz. O‘ylaymanki, bu tanaffus o‘zimizni o‘nglab olishimiz uchun ayni muddao bo‘ladi, deb hisoblayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!