Xoland “Real” haqida so‘radi

  • 30 mart, 2022, 16:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” asosiy tarkibiga kira olmagani uchun “Arsenal”da o‘ynayotgan Martin Edegor madridliklar og‘iz solayotgan Erling Xoland bilan “Qirollik klubi” haqida gaplashganini ma’lum qildi.

Tecno

- Biz yaqin do‘stmiz. Shuning uchun ham ko‘p narsani muhokama qilamiz. Xususan, mening “Real”da o‘ynagan davrimni ham. Biz u bilan “Real” haqidaham gaplashdik. Lekin bu hech narsani anglatmaydi, - dedi Martin Edegor.

Anchadan beri 21 yoshli hujumchiga madridliklar jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Xolandni oladigan jamoa uchun bu hujumchi kamida 150 million evroga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!