Xolandning boshqa futbolchilardan ustunligini nimada ekanini bilasizmi?

  • 4 yanvar, 2023, 14:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoa to‘purari Erling Xolandning boshqa o‘yinchilardan ustun jihati haqida gapirdi.

Tecno

- Erlingning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u to‘pga ko‘proq tegish haqida umuman bosh qotirmaydi. Men yoki Fil Foden to‘psiz qolib ketsak, xavotirlanamiz, asabiylasha boshlaymiz. Chunki o‘zimizni o‘yinning bir bo‘lagi sifatida his qilishni istaymiz.

Erling yarim soat to‘psiz yurishi mumkin, lekin bitta vaziyatda birgina zarba bilan gol uradi va o‘zini baxtiyor his qilaveradi. Aslida Xoland aynan mana shu ish uchun kerak. Bu o‘zi ham yaxshi biladi.

Xolandda golga ochlik bor. “Lids”ga qarshi bahsda ikkita to‘p kiritib ham, o‘zidan qoniqqani yo‘q. U darvozani ko‘proq ishg‘ol qilishi mumkinligini biladi. Men ana shunday o‘yinchimiz borligidan  xursandman, - dedi Bernardu Silva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!