
Xavi shokda. "Barsa" transferlarga kulgili summa ajratdi
“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi yangi shakllantiriladigan jamoada Pol Pogba, Erling Xolland, Kilian Mbappe, Rahim Sterling kabi jahon darajasidagi yulduzlarni ko‘rishni istayotgani haqida ko‘p xabar tarqatilmoqda.
Biroq, klub rahbariyati cho‘ntakka qarab ish qilishni ma’qul topdi.
ESPN jurnalistlarining aniqlashicha, klub prezidenti Joan Laporta qishki transferlar uchun Xaviga 10 million evro beradigan bo‘ldi xolos. Aslida kataloniyaliklar keyingi paytda asosan erkin agent maqomidagi yulduzlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda.
Xususan, “Barselona” yozda Serxio Aguero, Jorjino Veynaldum, Memfis Depay kabi mashhur o‘yinchilarni jamoaga bepul olib keldi.
Fikrlar