
Xavi: "Messining qaytishi ko‘p omillarga bog‘liq"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Lionel Messining kelgusi mavsumda jamoaga qaytishiga ishonchi komil emas. Kataloniya klubi ustozi argentinalik futbolchining "Kamp Nou"ga qaytishi ko‘p omillarga bog‘liqligini aniq aytdi.
“Messining qaytishi ko‘plab omillarga bog‘liq. U ajoyib futbolchi va mening do‘stim. Keling, rejamizni amalga oshirishimiz mumkinligini ko‘rib chiqaylik. Ko‘p narsa Lionelning o‘z xohishiga ham bog‘liq bo‘ladi", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Messi yozda erkin agentga aylanadi. PSJ klubi u bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Lionelning o‘zi ham Parijda qolishni istamayapti.
Fikrlar