Xavi "Barselona"dagi eng asosiy futbolchi nomini aytdi

  • 30 aprel, 2023, 14:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes yarim himoyachi Serxio Buskets haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Serxio men uchun jamoadagi asosiy futbolchi. U taktik jihatdan mukammal futbolchi. Umid qilamanki, u biz bilan qoladi. Hammasi unga bog‘liq”, - deya mutaxassisning so‘zlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda.

Busketsning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydi. Tomonlar hamkorlikni bir mavsumga uzaytirishga yaqin.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 2022/2023 mavsumida Serxio 26 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!