
Xaverts o‘z pozitsiyasini "Bayer"ga ma’lum qildi
Yarim himoyachi Kay Xaverts mavsumlar oralig‘ida "Bayer"ni tark etish niyatida. Bu niyati haqida to‘purar futbolchi klub rahbariyatini ogohlantirib ulgurgan.
21 yoshli xavbekka "Chelsi" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Londonliklar germaniyalik futbolchi uchun yillik 8 million evro maoshli shartnoma tayyorlab qo‘yishgan.
Leverkuzenliklar esa ushbu transferdan umumiy 100 million evro ishlab oladi. Unga ko‘ra, 70 million evro dastlabki to‘lov sifatida, 30 million evro esa turli bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi.
Fikrlar