Xaverts Germaniya terma jamoasidan nega ketdi?

  • 4 sentabr, 2020, 18:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Millatlar ligasida ishtirok etayotgan Germaniya terma jamoasining yosh futbolchisi Kay Xaverts terma jamoa qarorgohini tark etdi.

Tecno

Pleymeyker terma jamoa joylashgan Shtutgart shahridan to‘g‘ri Londonga yo‘l olgan. Unga termani tark etishi uchun “Bayer” Germaniya futbol ittifoqidan ruxsat olib bergan. Kay Londonga borib “Chelsi” bilan transfer masalasini rasmiylashtirib kelishi kerak.

- Biz milliy terma jamoa rahbariyatidan minnatdormiz. Enji Kay Londonga borib, ishlarini yakunlab kelishi mumkin, - dedi “Bayer” sport direktori Rudi Feller.

21 yoshli Kay Xaverts yaqinda tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Chelsi” bilan besh yillik kelishuvga erishdi. Ushbu transferni rasmiylashtirish ishlari qoldi xolos. Tez orada transfer rasman e’lon qilinadi. Londonliklar iste’dodli yarim himoyachi uchun 80 million evroga yaqin pul to‘lagani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!