
Xarri Maguayr: Biz har qanday jamoani enga olamiz, faqat...
"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr "Aston Villa"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Futbolchining fikricha, “qizil iblislar” har qanday raqibni mag‘lub eta oladi.
“Bu mening oltinchi mavsumim. Bilaman, siz qiyin damlarni boshdan kechirayotganingizda, hamma yuk elkangizga tushadi. So‘nggi bir-ikki mavsumda men va murabbiyim o‘z saviyamizda o‘ynasak, har qanday raqibni engishimiz mumkinligini isbotladik. Ammo muammo barqarorlikda - buni ko‘rsatishni boshlashimiz kerak”, - dedi Maguayr Goal nashriga bergan intervyusida.
“Aston Villa” – “Manchester Yunayted” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. MYu APL musobaqa jadvalida 14-o‘rinda, "Aston Villa" esa 5-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar