
Xanchjou-2022: Bugun o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta medal qo‘lga kiritdi, umumjamoa hisobida...
Bugun Xannchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining beshinchi kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi:
Vladimir Svechnikov (o‘q otish)
Svetlana Osipova (taekvondo)
Humoyun Sultonov (tennis)
Umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyadan so‘ng 4-o‘rinda bormoqda. Delegatsiyamiz hisobida hozircha 6 ta oltin, 10 ta kumush va 15 ta bronza, jami 31 ta medal bor.
Fikrlar