
“Xanchjou-2020” elkanli sport markazi barpo etilishi nihoyasiga etmoqda
Xanchjou 2022 yilda XIX Osiyo o‘yinlarining markazi bo‘lganidan so‘ng. Chjetszyan provintsiyasining boshqa shaharlari ham ushbu qit’a musobaqasidan manfaat ko‘rmoqda.
Ulardan biri – Ninbo bo‘lib, bu shaharda Osiyo o‘yinlarining Xanchjoudagi asosiy Olimpiya shaharchasini to‘ldiradigan yana to‘rtta yo‘ldosh markaz bo‘ladi. Ninbo Xanchjoudan 140 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Ninboda Osiyo o‘yinlari paytida elkanli sport va voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Osiyo o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi bu erda barpo etilishi yakunlanayotgan elkanli sport markazi suratlarini e’lon qildi.
“Ninbo shahrining Chjeztsyan sohillarini yuvib turuvchi ochiq dengizda o‘tadigan musobaqalar ob’ektlarining qurilishi tugallanmoqda”, – deyiladi bo‘lajak Osiyo o‘yinlarining rasmiy saytida.
Ushbu markazda 2022 yildagi Osiyo o‘yinlarining elkanli sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi va uning yarmi quruqlikda, ikkinchi yarmi dengizda joylashgan. Chjetszyandagi okean sporti markazi “Ningbo Satellite Village”dan 38 kilometr uzoqlikda joylashgan. U 156 900 kvadrat metr maydonga ega.
Fikrlar