
Xames Rodriges faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
"Everton" yarim himoyachisi Xames Rodriges Rossiya premer -ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Caracol Radio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchining agenti Xorxe Mendesh o‘z mijozining xizmatlarini "Zenit" klubiga taklif qilmoqda. Rossiya chempioni bunga qanday munosabat bildirgani hozircha noma’lum.
Shunga o‘xshash takliflar PSJ, "Milan", "Roma", "Atletiko", "Sevilya" va "Ayaks" klublariga ham yuborilgan. Biroq, hali hech bir klub kolumbiyalik yarim himoyachiga qiziqish bildirgani yo‘q.
Xames Rodriges o‘tgan mavsum APLda jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6 ta gol urdi.
Fikrlar