
Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan regbi-7 bo‘yicha respublika turniri yakunlandi
Joriy yilning 27-28 fevral kunlari Toshkent shahridagi engil atletika va o‘yin sportiga ixtisoslashtirilgan sport maktabi stadionida regbi-7 bo‘yicha U-15 qizlar o‘rtasida an’anaviy respublika turniri bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 dekabrdagi “Jamoaviy sport turlarini rivojlantirish va iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-421-son qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur respublika turnirida respublikamizning barcha hududlaridan jamoalar ishtirok etdi.
Turnir yakuniga ko‘ra 1-o‘rin – Namangan, 2-o‘rin – Toshkent va 3-o‘rin Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar medal, diplomlar bilan taqdirlandi. Ishtirokchilarga “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aktsiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston regbi federatsiyasining sovg‘alari topshirildi.
Fikrlar