Xabib Nurmagomedov: "Umar Nurmagomedov Merab Dvalishvilini o‘rniga qaytarib qo‘yadi"

  • 16 dekabr, 2024, 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

MMA afsonasi Xabib Nurmagomedov o‘ta engil vaznda amaldagi UFC chempioni Merab Dvalishvili va rossiyalik Umar Nurmagomedov jangi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

“Dvalishvili faoliyatini boshlaganida o‘zini yaxshi tutgan. Biroq menimcha, chempion bo‘lgach, ortiqcha e’tiborni ko‘tara olmadi. "UFC 311" da esa Umar Merabni joyiga qaytarib qo‘yadi, deb o‘ylayman. U ukam bo‘lgani uchun buni aytmayapman. Umarda haqiqatdan ham kuchli mahorat bor" - dedi sobiq UFC jangchisi.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 311" turniri 18 yanvar kuni AQSh da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!