Xabib Nurmagomedov: "Dembele — sen eng zo‘risan"

  • 23 sentabr, 07:41
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

36 yoshli UFC afsonasi Xabib Nurmagomedov “PSJ” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usman Dembeleni yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olgani bilan tabrikladi.

Tecno

"Dembele — eng zo‘risan. Tabriklayman", — deb yozdi Xabib frantsuz yulduzi hamda rossiyalik MMA jangchisi Islom Maxachev bilan birgalikda tushgan suratni ilova qilgan holda. Bu surat 2024/25 yilgi Chempionlar ligasi finalida olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p–2025”da Dembele “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamaldan ilgarilab ketdi. Uchinchi o‘rinni esa uning jamoadoshi Vitinya egalladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!