Xabib Nurmagomedov Chempionlar ligasida qaysi klub g‘alaba qozonishini istamoqda?

  • 2 may, 17:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabib Nurmagomedov "PSJ"ning Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini istamoqda.

Tecno

"Men parijliklar tarafdoriman. Ko‘pgina do‘stlarim mazkur klubda ishlaydi. Shu jumladan egasi Noser Al-Xelayfi bu sovringa loyiq. U jamoaga ko‘p pul, hissiyot va vaqt sarfladi. Ular bu yil Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishini juda xohlayman" - dedi UFC sobiq chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalida "PSJ" 1:0 hisobida "Arsenal"ni mag‘lub etdi. Mehmonda qozonilgan ushbu g‘alaba parijliklarning finalga chiqishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Javob o‘yini "Park de Prens"da O‘zbekiston vaqti bilan 7 maydan 8 mayga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!