Vodiy derbisi oldidan statistik raqamlar qanday?

  • 16 may, 2024, 16:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Navbahor” o‘z maydonida “Neftchi” (Farg‘ona)ni qabul qiladi.

Tecno

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida shu kungacha o‘zaro 58 marta uchrashishgan.

Ushbu o‘yinlarning 26 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 14 tasida “Navbahor” zafar quchgan, 18 ta bahsda esa klublar durangga imzo chekkan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 82-57, “Neftchi” foydasiga.

O‘zaro uchrashuvlarda farg‘onaliklar 96, namanganliklar esa 60 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarda 4 marta yirik hisob qayd etilgan. “Neftchi” 1995 va 1997 yillarda Namanganda 3:0, 2001 yili esa Farg‘onada 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Navbahor” 2004 yili Farg‘onada 3:0 hisobida zafar quchgan.

Mazkur klublar o‘rtasidagi eng sermahsul bahs 2010 yilgi mavsumda Farg‘onada bo‘lib o‘tgan hamda unda darvozalarga 7 ta to‘p kiritilgan. O‘sha o‘yinda “Neftchi” 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.  

Ta’kidlash joizki, Farg‘ona jamoasi 2018 yili o‘z tarixida ilk marta Superliga (oliy liga)ni tark etdi va 3 yillik tanaffusdan so‘ng, yana elitaga qaytdi.  

Ushbu jamoalar o‘rtasida Namanganda o‘tkazilgan 29 ta uchrashuvning 11 tasida “lochinlar”, 5 tasida farg‘onaliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, 13 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 31:28, “Navbahor” foydasiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!