
Vinisiusning futbolkasini yo‘qotgan futbolchi termadan chetlatildi
Gvineya terma jamoasi yarim himoyachisi Morley Silla yanvarda boshlanadigan Afrika Millatlar kubogi musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Terma jamoa rahbariyati uni musobaqa qaydnomasiga kiritmadi.
Manbalarning xabariga ko‘ra, bu vaziyatga Braziliya terma jamoasi va “Real” hujumchisi Vinisius Juniorning futbolkasi bilan bog‘liq voqea sabab bo‘lgan. Gvineya yozda Braziliya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan edi. O‘shanda Silla raqib yulduzi Vinisiusning futbolkasini esdalik uchun olgandi.
Lekin Silla bu futbolkani topa olmay qoldi. Keyin jamoadoshlari va terma jamoa xodimlarini o‘g‘rilikda aybladi. Hammaning buyumlarini tintuvdan o‘tkazdi. Oxir-oqibat mashhur o‘yinchining futbolkasi Sillaning jamadonidan chiqdi.
Bu voqea sababli xalqaro maydonda 25 ta uchrashuv o‘tkazib, uchta to‘p kiritgan Silla terma jamoaga chaqirilmayapti.
Morley Silla klublar miqyosida Portugaliyaning “Aroka” jamoasi sharafinihimoya qiladi. Endi u bor e’tiborini o‘z klubiga qaratishga majbur.
Fikrlar