
Vinisiusni “dahshatli” summaga oladigan klub topildi
“Real” yulduzi Vinisius Juniorni hamon Saudiya Arabistoni Professional ligasida kutishmoqda. Shayxlar braziliyalik hujumchi transferi uchun katta summa va’da qilyapti.
Give me Sport nashrining ma’lum qilishicha, “Al-Ahli” klubi joriy mavsum yakunlanganidan keyin Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Buning uchun saudiyaliklar “Real”ga 350 million evro atrofida badal puli taklif etishni rejalashtirgan.
Vinisius Junior “Real”ga 2018 yili olib kelingan. Bugungi kunda jamoaning asosiy etakchilaridan hisoblangan futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.
Transfer bo‘yicha ekspertlar saudiyaliklarga to‘purarni qo‘lga kiritish qiyin bo‘lishini ta’kidlamoqda. Chunki “Al-Ahli” madridliklar bilan kelishgan taqdirda ham, Vinisiusni Evropadan Osiyoga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi talab etiladi.
Fikrlar