Vinisius "Oltin to‘p"ga loyiq ekanligini yana bir bor eslatdi

  • 14 dekabr, 2024, 19:42
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Vinicius Junior Chempionlar ligasining 6-tur doirasida "Atalanta"ga qarshi o‘yindan (3:2) so‘ng kelajakda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish haqidagi va’dasini yana bir bor eslatib o‘tdi.

"Manchester Siti" futbolchisi Rodri "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgani ma’lum bo‘lgach, Vinicius shunday javob bergan edi: "Men bu sovrinni 10 marta qo‘lga kiritaman. Ular bunga tayyor emas."

"Atalanta" bilan o‘yindan so‘ng Vinicius yana eslatma tarzida "10 barobar ko‘proq" deb izoh qoldirdi.

Ma’lumot uchun, braziliyalik vinger "bergamoliklar"ga qarshi bahsda bitta gol va golli uzatma muallifiga aylangan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!