
Vinisius Kamavingaga qarata: "Sen darvozabonmisan?"
Futbol olamida FIFA kunlari boshlandi. Terma jamoasidan chaqiruv olgan futbolchilar esa o‘z davlatlariga jo‘nab ketishdi. Shuningdek, Frantsiya qarorgohiga "Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga ham etib keldi va buni o‘z instagramiga joylashtirdi.
Ushbu postga eng yaxshi va kulgili izohlardan birini futbolchining jamoadoshi Vinisius yozdi. U Kamavingaga "Sen darvozabonmisan?", - deya savol yo‘lladi.
Eduardoning kiyinish stili maydondagi darvozabonlarning libosini eslatib yuboradi. Buni Vinisius ham darrov sezdi. O‘zi futbol ishqibozlari orasida Kamavinganing pozitsiyasi borasida turli xil hazillar mavjud. Bunga sabab esa o‘tgan mavsumda uning chap qanot himoyada o‘ynaganligidir.
Fikrlar