
"Vilyarreal" ustozi: Menimcha, Ramos va Kazemiro maydonda bo‘lganida ham, natijani o‘zgartira olmasdi
La Liga 10-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Real" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Unai Emeri o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Yon hakamning qarori bizni ajablantirdi. Avvaliga sarosimaga tushdik. Biroq sekin-astalik bilan o‘z o‘yinimizni topib oldik va "Real" jarima maydoniga yaqinlashdik. Chempiondan ochko olish qoniqarli natija.
Biroq bellashuvning borishiga qarab, g‘alabaga haqli edik degan fikrdaman. Biz rivojlanishda davom etishimiz shart. Aslida, bu bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Menimcha, Ramos va Kazemiro maydonda bo‘lganida ham, natijani o‘zgartira olmasdi".
Fikrlar