
Verstappen afsonaviy Sennaning rekordini takrorladi
“Red Bull” piloti Maks Verstappen 30 yildan ortiq erishilmagan rekordni takrorladi.
Verstappen Emiliya-Romagna Gran-Prisiga saralashda eng tezkor bo‘ldi va ketma-ket sakkizta poul pozitsiyasini qo‘lga kiritib, Formula 1 bo‘yicha boshqa bir uch karra chempion Ayrton Sennaning rekordini takrorladi. Senna bu natijani 1988-1989 yillarda uddalagan edi.
Bundan tashqari, niderlandiyalik mavsum boshida ketma-ket poul-pozitsiyalar bo‘yicha rekordni yangiladi. Bundan oldingi natijani Alen Prostga tegishli edi. Alen 1993 yilda 7 marta poygani birinchi joydan boshlagan.
Fikrlar