
Verratti "Al-Hilol" bilan kelishuvga erishdi
PSJ vakili Marko Verratti faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Uni "Al-Hilol" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Ayni paytda tomonlar muzokaralarni boshlagan.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, italiyalik yarim himoyachi "Al-Hilol" bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Uning maoshi yiliga 25 million evro bo‘ladi. Jamoa parijliklarga 30 million evro taklif qildi. Ammo bu futbolchining transferi uchun kamlik qiladi. Tez orada yangi taklif yuborilishi kutilmoqda.
Saudiya klubi Markodan tashqari Kilian Mbappeni ham sotib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar