Vengriyadan xushxabar! Uch nafar bokschimiz...

  • 27 aprel, 16:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi — Shohjahon Abdullaev, Komronbek Turg‘unboev va Muhammad Shexov ham ringga ko‘tarildi va ularning bari g‘alabaga erishdi.

Og‘ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullaev Venesuela vakili Ivan Matyutni, 21 yashar Turg‘unboev moldovalik Ivan Petrovni, Muhammad Shexov esa venesuelalik Orlando Moralesni mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!