
Vengriya ustozi: Evroda zafar quchish uchun Germaniyaga hakamlar yordami kerak emas
Marko Rossi Germaniyaga qarshi uchrashuvdagi hakamlikni tanqid qildi.
"Evro-2024" guruh bosqichining 2-turida Vengriya 0:2 hisobida nemislarga mag‘lub bo‘ldi. Bellashuvni Denni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Vengriya terma jamoasining murabbiyi so‘zlariga ko‘ra, Germaniya 22-daqiqada qoidani buzgan holda ilk golini urgan.
"Faoliyatim davomida hech qachon nolimaganman, bahona ham qilmaganman. Biroq bugun hakam nima qilganin ko‘rdik.
U Orbanga nisbatan ishlatilgan qoida buzarlik uchun munosabat bildirmadi. Biroq Andrix bilan xuddi shunday qo‘pollik uchun hushtak chalindi. Ikki tomonlar uchun alohida standartlar emas, umumiy qoidalar kerak. Germaniya baribir g‘alaba qozonardi, ammo hakam maydonda eng yomoni bo‘ldi.
Germaniya Evro favoriti bo‘lishi mumkin. Biroq ularga turnirda zafar quchish uchun hakamlarning yordami kerak emas. Ko‘ramiz, aytaylik, Germaniya Frantsiyaga qarshi o‘ynaganda xuddi shunday vaziyat fol deb baholanarmikan?, - dedi Rossi.
Fikrlar