VAR litsenziyasiga ega hakamlarimiz soni ortmoqda

  • 12 aprel, 2023, 10:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha kun avval to‘rt bosqichli VAR litsenziyasi uchun seminarlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, dastlabki VAR litsenziyalarini qo‘lga kiritgan hakamlarimiz haqida xabar bergan edik.

Tecno

Bugun ularning safi yana uchtaga ko‘paydi. Bu xususida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi xabar bermoqda.

Husan Muzaffarov — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;

Roziyabonu Yusupova — VAR hakami;

Akmal G‘iyosov — AVAR hakami sifatida ishlash uchun litsenziya oldi.

Demak, VAR, AVAR hamda VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oluvchilar soni quyidagicha ko‘rinish olmoqda:

VAR hakamlari soni: 15 nafar;

AVAR hakamlari soni: 15 nafar;

VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oladiganlar soni: 18 nafar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!