
Van Persi Advokat bilan ishlaydi
"Feyenord" va Gollandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Robin van Persi klubga murabbiy sifatida qaytdi.
37 yoshli mutaxassis Dik Advokatning murabbiylar shtabida ish boshladi va u endi jamoaning hujumchilariga ustozlik qiladi.
Van Persi "Feyenord"ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2001-2004 yillari hamda 2018/19 yilgi mavsumda Gollandiya klubining sharafini himoya qilgan va futbolchilik faoliyatini ushbu jamoa safida yakunlagan.
Fikrlar