Van Persi 35 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunladi (video)

  • 13 may, 2019, 17:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gollandiyalik mashhur hujumchi Robin van Persi o‘zining futbolchilik faoliyatini rasman yakunladi.

Tecno

Kecha Gollandiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan “Feyenoord” hamda “Den Xaagom” (0:2) jamoalari bahsi 35 yoshli futbolchi uchun so‘nggi rasmiy o‘yin bo‘ldi. O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa a’zolari unga hurmat yo‘lakchasini tashkil etib berishdi.

Ma’lumot uchun, van Persi faoliyatini “Feyenoord”da (2001-2004) boshlagan, keyin esa “Arsenal” (2004-2012), “Manchester Yunayted” (2012-2015) va “Fenerbaxche” (2015-2018) kabi jamoalarda to‘p surdi. 2018 yilning yozida esa yana o‘zining qadrdon jamoasi “Feyenoord”ga qaytib kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!