
Van Deyk: "Niderlandiyada yangi davr boshlanadi"
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deykning aytishicha, hozir bu erda muhit ajoyib.
"Bizda ajoyib jamoa borligini his qilyapman. Ronald Kumanning qaytishi va yosh futbolchilarning tarkibdan joy olishi bilan yangi davr boshlanadi. Umid qilamanki, yozda biz Millatlar ligasining so‘nggi qismida yaxshi o‘yin ko‘rsata olamiz", - deya van Deykning so‘zlarini keltiradi "Goal".
Eslatib o‘tamiz, Millatlar ligasining so‘nggi bosqichida Niderlandiya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiya terma jamoalari to‘p tepadi. Qur’a tashlash marosimi 25 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar